Jo Koul: "Chelsi" Xabi Alonsoni olib kelganidan hayratda qoldim"

  • 04.06.2026 13:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jo Koul Xabi Alonsoning Londonning "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida oʻz fikrini bildirdi.

Koulning taʼkidlashicha, u Xabi Alonsoning tayinlanishidan hayratda qolgan, biroq bu qarordan juda mamnun.

"Men "Chelsi" Xabi Alonso qoʻlga kiritganidan hayratdaman. Biroq bu juda yaxshi qaror deb hisoblayman. Uning boshqa variantlari ham boʻlgan boʻlishi mumkin. U ehtimol jamoaning soʻnggi natijalarini koʻrib, “Chelsi" yanada pastga tusha olmaydi, shuning uchun hozir uni boshqarish uchun eng toʻgʻri vaqt”, deb oʻylagan boʻlishi mumkin", — dedi Koul.

Eslatib oʻtamiz, 2025/26 mavsum yakuniga koʻra "Chelsi" Angliya chempionati jadvalidа 10- oʻrinni egalladi. Kelasi mavsumda londonliklar Yevropa kuboklarida ishtirok etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!