Jo Rogan: "Oq Uydagi turnir qiziqarli o'tishi uchun birgina jangchini kardga qo'shish kifoya"

  • 24.03.2026 22:02
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

58 yoshli taniqli sharhlovchi Jo Rogan UFC sobiq chempioni Jon Jonsni Oq Uydagi turnir kardiga qo‘shish kerakligini aytdi.

"Menimcha, UFC Tom Aspinall va Jon Jons jangini pul sabab kelisha olmadi. Lekin hali ham kech emas. Amerikalik barcha davrlarning eng buyuk jangchisi va u Oq Uydagi kardda bo‘lishi lozim. Agar Jons o‘sha turnirda ishtirok etsa, hamma: "Voy, jin ursin! Jon Jons qaytdi-ku", deya shov-shuv ko‘tarishni boshlaydi va vaziyat butunlay boshqa tomonga o‘zgaradi", - dedi Rogan.

Eslatib o‘tamiz, Oq Uydagi turnir 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya vaqtinchalik chempion Jastin G‘etjiga qarshi oktagonga ko‘tarilishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!