Joan Garsiya: "Jahon chempionatiga chaqiruv bo‘lsa, juda xursand bo‘laman"

  • 01.04.2026 15:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya Ispaniya terma jamoasi safidagi debutidan keyin oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

24 yoshli posbon "qizil furiya" safidagi ilk uchrashuvini Misrga qarshi oʻrtoqlik bahsida oʻtkazdi. U ikkinchi boʻlimda David Raya oʻrniga maydonga tushdi. Ushbu uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Bundan avval Serbiyaga qarshi 3:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda Ispaniya darvozasini Unay Simon qoʻriqlagan edi.

"Simon va terma jamoadagi barcha darvozabonlar bilan munosabatlarim juda yaxshi. Agar meni jahon chempionatiga chaqirishsa, juda xursand boʻlaman. Ammo hozir yana eʼtiborimni "Barselona"ga qaratishim kerak", — dedi Joan Garsiya.

Avvalroq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente ochiqchasiga Unay Simonni jamoaning "birinchi raqami" deb hisoblashini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!