Joel Kojo Qirg‘iz Respublikasining BAA va Eronga qarshi o‘yinlari uchun chaqiruv oldi

  • 6 noyabr, 2024, 17:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" hujumchisi Joel Kojo FIFA kunlarida Qirg‘iz Respublikasi milliy jamoasi safiga yo‘l oladi.

Tecno

Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 14 noyabrda BAAga qarshi safarda maydonga tushsa, 19 noyabrda Bishkekda Eron milliy jamoasiga qarshi saf tortadi. Ushbu uchrashuvlar uchun Joel Kojo ham chaqiruv olgan.

"Dinamo" hujumchisi "Lokomotiv"ga qarshi o‘yindan keyin milliy jamoasi ixtiyoriga yo‘l oladi va BAA hamda Eronga qarshi bahslardan keyin Superliga 25-turi doirasidagi "Andijon"ga qarshi uchrashuv oldidan "Dinamo" safiga qaytadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!