
Jon Jons nega og‘ir vaznga o‘tdi? UFC jangchisining o‘zi javob berdi
Yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Jon Jons nega og‘ir vaznga o‘tishga qaror qilganini aytib berdi.
"Menga yarim og‘ir vazn toifasida jang qilish yoqadi, lekin endi bu diviziondagi bolalarning hech biridan qo‘rqmayman. Bu mening janglarimda ham sezilib turardi, deb o‘ylayman.
Keyingi raqiblarim bilan hammasi boshqacha bo‘ladi, men og‘ir vazn toifasidagilarni hurmat qilaman. Bu jangchilar qo‘rqinchli, ular shunchaki dahshatli. Bu motivatsiyaning mutlaqo boshqa darajasi”, - dedi Jons.
Fikrlar