Jon Jons PFL chempioni bilan jang qilmoqchi!
Ahmadbek Eshmatov
Og‘ir vaznda UFC chempioni kamerunlik bilan jangga qiziqayotganini aytdi.
Og‘ir vaznda UFC chempioni Jon Jons kamerunlik Freensis Ngannu bilan jangga qiziqayotganini aytdi.
“Freensis bilan to‘qnashuvimiz haqiqiy super kurashga aylanadi. Bu shunchaki shov-shuv emas, ikki afsonaning jangi bo‘ladi. Turli yo‘llardan kelgan ikki shoh - qaysi biri kuchli ekanini aniqlab olishi zarur!” - deb yozdi amaldagi UFC chempioni ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Ngannu PFL ning og‘ir vazn toifasidagi kamarga ega.

Izohlar (0)