Jon Jons Tom Aspinall bilan jangga nega rozi bo‘lmayapti? UFC sobiq chempioni javob berdi

  • 07.01.2025 23:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning yarim og‘ir vaznida sobiq chempion Yan Blaxovich amaldagi chempion Jon Jons nima uchun Tom Aspinall bilan jangni qabul qilmayotganini tushuntirdi.

“Jons Aleks Perreyrani jangga chaqirmoqda, chunki u juda mashhur UFC yulduziga aylangan. Uni hamma biladi. Biroq menimcha, Jon Aspinall bilan kurashishi kerak. Chunki Tom haqiqatan ham uni to‘xtata oladigan yagona raqibdir. Qo‘rqoqlardek ish tutmaslik lozim" - deya Blaxovichning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting" portali.

Eslatib o‘tamiz, Jons oxirgi janggida Stipe Miochichni 3-raundda texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!