Jon Jons uchun eng munosib raqib kim? Jangchining o‘zi javob berdi

  • 14 noyabr, 2024, 14:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasi(120 kg)da UFC chempioni, amerikalik Jon Jons u uchun eng munosib raqib kimligini aytdi.

Tecno

“Agar men yana jang qilsam, eng munosib raqib - Aleks Pereyra bo‘ladi. U ko‘plab chempionlarni mag‘lub etdi, qator yigitlarni nokautga uchratdi. Agar "Poatan" meni engsa, uch divizionda chempioni bo‘lishi mumkin", - dedi Jons "ESPN US" telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 309" turnirida Jons (27-1-1 N/C) hamyurti Stipe Miochich(20-4)ga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!