
Jon Jons va Tom Aspinall jangini tez orada ko‘rmaymiz!
Taniqli jurnalist Ariel Xelvani og‘ir vaznda UFC chempioni Jon Jons va angliyalik Tom Aspinall o‘ratsidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Jonsga olti oylik tayyorgarlik zarurligi haqida menga xabar berishdi. Bu aynan Aspinall bilan jang kelishilgach ma’lum bo‘lmoqda. Olti oy ichida nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Agar jangchilarga katta pul taklif qilinsa, barchasi tezlashib ketishi mumkin. Biroq menimcha, bu to‘qnashuv yozda o‘tkazilishi ehtimoli ancha kam" - dedi Xelvani.
Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Jons va Aspinall qarama-qarshiligini shu yozda bo‘lib o‘tishini aytgandi.
Fikrlar