Jon Jonsning jahli chiqdi: U Dana Uaytga keskin javob qaytardi

  • 10.03.2026 10:47
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt sobiq chempion Jon Jons Oq uydagi turnir kardiga kiritilmaganini ma'lum qilib, uning son bo‘g‘imi bilan bog‘liq muammolari professional faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilishini aytgandi.

Biroq bugun Jon Jons promoushen rahbarining so‘zlariga e'tiroz bildirib, tashkilotdan amaldagi shartnomasini bekor qilishni so‘radi.

MMA afsonasining ta'kidlashicha, u va jamoasi "Ultimate Fighting Championship" bilan Oq Uyda o‘tadigan turnirda jang qilish masalasini jiddiy muhokama qilgan. Hatto jangchi avval qo‘ygan moliyaviy talabini ham pasaytirgan, biroq shunda ham unga juda kam gonorar taklif etilgan.

"Dana Uaytning dam olish kunlari aytgan gaplariga javob bermoqchiman, chunki haqiqat men va muxlislar uchun muhim. Ha, menda son bo‘g‘imi artriti bor va bu og‘riqli. Lekin bu jang qila olmayman, degani emas. O‘tgan haftada turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun hatto stvol hujayralari bilan davolanish muolajasidan ham o‘tdim. Kardga kirganimda, bugun mashg‘ulot yig‘inini boshlar edim. UFC uchun qilgan ishlarimdan keyin “Jons, sen uchun hammasi tugadi” degan gaplarni eshitish juda alamli. Ayniqsa, juma kunining o‘zida UFC meni Oq Uydagi turnirga qo‘shish uchun yana qo‘ng‘iroq qilib, ancha kam pul taklif qilganini hisobga olsak. Agar UFC haqiqatan ham meni faoliyati tugadi deb hisoblasa, unda mening shartnomamni hurmat bilan bugunning o‘zida bekor qilishlarini so‘rayman", — deb yozdi Jon ijtimoiy tarmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!