
Jo‘rabek Karimov jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi
Xabaringiz bor ayni damda umidli tennischimiz Jo‘rabek Karimovning oyog‘idan olgan jarohati sabab musobaqalarda ishtirok eta olmayapti.
So‘nggi bor o‘tgan yilning noyabr oyida kortga chiqqan tennischimizning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Jo‘rabek shu sababli Germaniyada jarrohlik amaliyotini o‘tkazib qaytdi.
Xozirda tennischimiz tiklanish jarayonini olib bormoqda. Tennis yangiliklari kanalining xabariga ko‘ra, unga kortga qaytish uchun taxminan ikki oy kerak bo‘ladi.
Fikrlar