Jo‘ralar, “Barsa”dan ketmasam bo‘lmaydi!

  • 11 yanvar, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” markaziy himoyachisi Ronald Arauxo o‘z jamoadosh do‘stlariga qishki transferlar oynasi vaqtida klubni tark etishi kerakligini ma’lum qildi.

Urugvaylik futbolchi jamoadoshlari bilan suhbatda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni ma’qul ko‘rishini aytagan.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Arauxoga “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Og‘ir jarohatini davolatgan Arauxo mavsumning ikkinchi yarmida ham katta ehtimol bilan o‘yin amaliyotisiz qolib ketadi. Avvalroq, tajribali himoyachi ijara asosida “Yuventus” ko‘chib o‘tishi mumkinligi aytilgandi.

Joriy mavsumda birorta uchrashuvda ishtirok etmagan Arauxoning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!