Joriy mavsum "Bashakshehir" safida kim eng ko‘p gol urgan va assist qayd etgan?
Turkiya Superligasining 11-turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Kojaelispor”ni 1:0 hisobiga mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov penaltidan urdi.
Joriy mavsumda klub safida eng ko‘p gol urgan futbolchi ham aynan Shomurodov hisoblanadi. U 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol kiritgan. Eldor jami 960 daqiqa o‘ynagan va o‘rtacha har 137 daqiqada bitta gol urmoqda. Shuningdek, u “Bashakshehir”ning 58 foiz gollarida bevosita ishtirok etgan.
Jamoa tarkibida eng ko‘p assist qayd etgan futbolchi esa portugaliyalik yarim himoyachi Migel Krespo bo‘lib, u jamoadoshlariga 3 ta golli uzatma bergan.
Ma’lumot uchun, Nuri Shahin boshchiligidagi “Bashakshehir” 11 turdan keyin 13 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar