Josh Teylor va Teofimo Lopes super to‘qnashuv oldidan tarozidan o‘tdi
Professional boksning super engil vazn toifasida WBO jahon chempioni Josh Teylor (19-0, 13KO) va Teofimo Lopes (18-1, 13KO) Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida, Nyu Yorkdagi "Madison Square Garden" arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida jang qiladi.
Ushbu ikki bokschi vazn o‘lchash va face-to-face marosimida ishtirok etdi. Unga ko‘ra, Teylor 63,4 kg, Lopes esa 63,5 kg natija qayd etdi.
VcX8NFFmo_RkQp6A

Fikrlar