Joshua King: "Manchester Yunayted"ga qaytish eng katta orzuyim edi
"Bornmut" hujumchisi Joshua King qishda "Manchester Yunayted"ga amalga oshmay qolgan transferi haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ushbu transfer qaysi bosqichda to‘xtab qolgani haqida aniq ma’lumotga ega emasman. Ammo men oz bo‘lsada MYuga qaytishimga ishongandim.
Bo‘lgan ishlar 16 yoshimda orzuyimni amalga oshirish uchun Angliyaga kelgan vaqtlarimni yodimga soldi. Bu ishni "Manchester Yunayted"da amalga oshirmoqchi edim. Ammo o‘sha vaqtda ketishga qaror qildim.
Bir muddat oldin MYudan taklif bo‘layotgani haqida eshitganimda esa o‘sha 16 yoshimdagi xissiyotlarim qayta uyg‘ondi. Biroq bu transfer nima sabab amalga oshmay qolganini bilmayman.
Men "Bornmut" futbolichisiman, bu erda barcha narsa menga juda yoqadi. Ammo yolg‘on gapirishini istamayman: MYuga qaytgan bo‘lar edim.
Jamoa bosh murabbiyi Eddi bo‘lib o‘tgan ishlar vaqtida ham men bilan juda yaxshi muomilada bo‘ldi. Endi barchasini unutib ishlashda davom etishim va jamoaning hozirgi vaziyatidan chiqib ketishiga ko‘maklashishim kerak", - deydi King.
Ta’kidlanishicha, "Bornmut" qishda norvegiyalik xavbekning transferi uchun 50 million funtdan ko‘proq bo‘lgan mablag‘ talab qilgan.
Fikrlar