Joze Mourinodan kutilmagan antirekord

  • 14.02.2021 10:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" APL 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Manchester Siti"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Bu mag‘lubiyat "shporlar" uchun ketma-ket ikkinchisi hisoblanadi. London klubi 10 fevral kuni Angliya Kubogi 1/8 final bellashuvi doirasida "Everton"ga 4:5 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Qatorasiga ikki o‘yinda 8 ta gol o‘tkazib yuborgan Mourino shogirdlari portugaliyalik mutaxassisning antirekordi o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi.

Joze 21 yillik murabbiylik faoliyati davomida hali biror marta bunday salbiy natijani qayd etmagandi. Londonliklarning keyingi bahsi 18 fevral kuni "Volfsberg"ga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!