Joze Mourinyo "Real"dagi asosiy vazifasini aytdi

  • 22.08.2026 10:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo klubdagi asosiy maqsadi va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari haqida so‘zlab berdi.

«Mening istagim – klubning bugungi kuniga ham, kelajagiga ham o‘z hissamni qo‘shish. Albatta, men g‘alaba qozonishni xohlayman. «Real Madrid» yana titul­lar yuta boshlashi kerak, chunki bu klub uchun g‘olib bo‘lish tabiiy holat. Lekin ilk bor kelganimda bo‘lganidek, bu safar ham murabbiyning ishi faqat bugungi natija bilan cheklanmasligini ta’kidlamoqchiman – u klubning kelajagini tayyorlash bilan ham bevosita bog‘liq», – deydi mutaxassis.

Mourinyoning ta’kidlashicha, u jamoaga qattiq tartib-intizom o‘rnatish uchun emas, avvalo, sog‘lom fikr bilan ish yuritish uchun kelgan.

«Ko‘pchilik men jamoaga qattiq qoidalar bilan kelaman, deb o‘ylaydi. Yo‘q, men eng avvalo sog‘lom fikr bilan kelaman. Birinchi kundanoq futbolchilardan shuni talab qilaman. Mashg‘ulotga o‘z vaqtida kelish, o‘z vaqtida ketish, zaldagi ish, maydondagi mehnat, taktik tahlil bo‘yicha individual mashg‘ulotlar… Professional­lik, kasbga hurmat va eng muhimi, klubga hurmat nuqtai nazaridan men ulardan nimani talab qilsam, bularning barchasi men uchun oddiy sog‘lom mantiq. Va o‘ylaymanki, futbolchilar ham buni xuddi shunday qabul qilishyapti», – deya qo‘shimcha qiladi u.

Portugaliyalik mutaxassis o‘z uchun juda muhim bo‘lgan bir tushunchani ham alohida qayd etdi.

«Ispancha qanday aytishni bilmayman, lekin portugal tilida men uchun juda muhim bir ibora bor: biz «Real»da ishlamasligimiz kerak, biz «Real» uchun ishlashimiz kerak. Men uchun bu – barchamiz qabul qilishi, tushunishi va har kuni amalda qo‘llashi lozim bo‘lgan tamoyil. Klubga aynan shu ruhni olib kirishni istayman: «Real» manfaat­i yo‘lida mehnat qilish», – deya Mourinyoning so‘zlarini madrid klubining rasmiy sayti keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni Joze Mourinyo rasm­an madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi sifatida taqdim etilgan edi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!