Asosiy mazmunga oʻtish

Joze Mourin'yu «Real» uchun yangi yarimhimoyachi tanladi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Mourin'yu «Real» yarim himoyasini kuchaytirish uchun «Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktomin'eyni olib kelishni istamoqda.

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jamoa yarim himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

 Mutaxassis «Napoli» tarkibida to'p surib kelayotgan Skott Maktomineyni Madrid klubiga olib kelishni istamoqda. Mourin'yu ushbu futbolchi bilan avvalroq «Manchester Yunayted»da birga ishlagan.

Joriy mavsumda Maktominey Italiya klubi safida olti o'yinda maydonga tushdi va shu vaqt ichida ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi. Avvalroq «Napoli» hozircha shotlandiyalik yarim himoyachi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q