Jozeda bor alamim manim!

  • 11 sentabr, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoni tanqid qildi. Tajribali mutaxassis manchesterliklarni boshqargan davrda frantsiyalik futbolchini aldagi aytilmoqda.

Tecno

- Hammasi futbolkadagi raqamdan boshlangan. Bayram kuni Mourino menga xabar jo‘natib, Rayan Giggzning raqamini olsam, zo‘r ish bo‘lishini aytdi. Men Jozega Giggzni hurmat qilishimni, lekin o‘z raqamimni olib qolishimni aytdim.

“Manchester Yunayted” qarorgohiga qaytganimda o‘z futbolkamda 11-raqamni, 9-raqamdagi libosga Zlatan Ibrohimovichning nomi yozilganini ko‘rdim. Mourino meni hurmat qilmasligini tushunib etdim.

Matbuotda Joze men haqimda qisqa gaplarni aytardi. Xuddi “Real”da ishlaganidan Karim Benzemaga qo‘llagan uslubidek. Unga mana shunaqa mayda o‘yinchilar yoqadi va kimlar haqida gapirishni yaxshi biladi. U o‘shanda men 20 yashar ekanimni va unga javob qilsam, meni ustozlarga hurmatsizlikda ayblashini bilardim. Shuning uchun ham indamadim, foydasi ham yo‘q edi.

Keyingi mavsumning birinchi yarmida eng zo‘r ko‘rsatkichlarni qayd etdim,lekin Mourino Aleksis Sanchesni olib kelganidan keyin menga deyarli o‘yin bermadi. O‘sha mavsum jahon chempionati bor edi va bu menga qimmatga tushdi. Ayniqsa, Frantsiya jahon chempioni bo‘lganini inobatga olish kerak. Men chempionlar qatorida bo‘lishim kerak edi, - dedi Antoni Marsyal.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!