
Jud Bellingem "Real"da qancha vaqt qolmoqchi ekanini aytdi
Angliya terma jamoasi va "Real Madrid" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem "qaymoqranglilar" safida qancha vaqtga qadar to‘p tepishini aytib o‘tdi.
"Men "Real"da uzoq qolmoqchiman. Umrimning 10-15 yilini shu erda o‘tkazishni istayman.
Bu klub, bu shahar, bu kabi jamoadoshlar aynan men xohlaganlarim! "Real"da nima bo‘lsa, barchasi menga yoqadi. Jamoa uchun bor kuchimni sarflashni maqsad qilganman", - dedi angliyalik iqtidor egasi.
Ma’lumot o‘rnida, kecha Bellingem Angliya terma jamoasi tarkibida Italiya termasidan ustun keldi - 3:1. Shu tariqa, inglizlar "Evro-2024" saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, Germaniyadagi musobaqa guruh bosqichiga yo‘llanmani naqd qildi.
Fikrlar