
Julianna Penya: "Kerak bo‘lsa, Nunesning ko‘zlarini o‘yib olaman"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Julianna Penya Amanda Nunesga qarshi revansh jangi haqida gapirdi.
"Uni urib, tepib, sochlaridan tortib, tishlab tashlayman. Agar kerak bo‘lsa, ko‘zlarini o‘yib olaman. Tom ma’noda bularning hammasini qilishga tayyorman.
Ishoning, g‘alaba yo‘lilda o‘lishga ham tayyorman. Nima kerak bo‘lsa, barchasini qilaman. U meni mag‘lub etishga va’da berdimi? O‘tgan safar ham shunday degandi",-dedi amerikalik sportchi.
Ma’lumot uchun, tomonlar ilk bor 2021 yilning 12 dekabrida, UFC 269 turniri doirasida jang qilgan va unda Penya muddatidan oldin g‘alaba qozongandi.
Fikrlar