Jüль Kunde faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
"Barselona"ning yetakchi futbolchilaridan biri Jyul Kunde faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
"Mundo Deportivo" xabariga koʻra, "Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Siti" fransiyalik himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi esa 27 yoshli futbolchi boʻyicha katta taklif tushsa, transfer variantini koʻrib chiqishga tayyor.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yilda Kunde nomi "Chelsi" bilan faol bogʻlangan edi, ammo oʻshanda u Angliya emas, aynan "Barselona"ni tanlagan.
Transfermarkt portali Jyul Kundening transfer qiymatini 65 million yevro deb baholamoqda.
2025/2026 yildgi mavsumda himoyachi 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar