K-1 bo‘yicha "Grand Prix" turnirida o‘zbekistonliklar jang qiladi (Jonli efir)

  • 25.10.2020 19:07
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozoqistonda K-1 bo‘yicha "Grand Prix" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Janglar 3 raunddan iborat bo‘lib, har biri 3 minut etib belgilangan.

E’tiborli tomoni, musobaqada o‘zbekistonlik Nurali Bahriddinov bosh hakam vazifasini bajarmoqda.

Ringda Mavlonbek Qahhorov (O‘zbekiston) ishlayotgan bo‘lsa, yon hakam vazifasini Mansur To‘g‘izboev (O‘zbekiston), Jahongir Kenjaev (O‘zbekiston) va Erbol Sultonov (Qozog‘iston) bajarmoqda.

Musobaqada sportchilardan mamlakatimiz sharafini Boburjon Tagiev va Sanjar Saidmurodov himoya qiladi.

Qiziqarli kechayotgan oqshomni jonli efirda ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!