Kamaru Usman-Leon Edvards jangi borasida o‘zbek MMA olami vakillari o‘z taxminlarini bildirdi (So‘rovnoma)

  • 19 avgust, 2022, 18:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 21 avgust kuni tunda “UFC 278” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvi yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usman hamda divizionning etakchilaridan biri Leon Edvards o‘rtasidagi revanshdan iborat. Albatta, ushbu qarama-qarshilik haqida turli taxminlar ilgari surilmoqda. Asosan, Usmanning g‘alaba qozonishi ko‘proq e’tirof etilmoqda.

Tecno

Biz ham an’anaga muvofiq yurtimiz MMA olami vakillarining fikri bilan qiziqdik.

Farruh Madaminov – murabbiy

- Bu jang ham avvalgisi kabi Usmanning ustunligida o‘tadi va yakunda nigeriyalik jangchi g‘alaba qozonadi. Chunki, Usmanda kurash ham zo‘r va oyoq va qo‘l zarbalari ham yaxshi shakllangan. Foizlar hisobida oladigan bo‘lsak, 70/30 Usman foydasiga!

farrux_2

Zarruh Adashev – MMA jangchisi

- Usman yutadi. Chunki u har taraflama Edvardsdan ustun. Kurash borasida ham “stoyka”da ham Usman ustunlik qiladi. Nazarimda jang to‘liq davom etadi va ochkolardagi katta ustunlik bilan Kamaru g‘alaba qozonadi.

zarruh

Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi

- Kamaru Usman har jabhada Edvardsdan kuchli deb o‘ylayman. Albatta, bu mening shahsiy fikrim. Biroq, barchasini jang hal qiladi. Menimcha jang 3 –raunddan o‘tmasa kerak. Chempionlik kamari Usmanda qoladi!

xumoyun_2

Jasur Sodiqov - murabbiy

- Kamaru Usman hozirgi kunga qadar qanday jangchi ekanligini butunjahonga isbotlab kelmoqda. Har tomonlama mukammal jangchi. U dvizionining barcha kuchli jangchilarini bir emas ikki marotaba ham mag‘lub etyapti. Nazarimda u o‘rta vazn toifasida ham chempionlikni qo‘lga kiritishga qodir. Bu safar ham Edvardsni kuchi etmaydi va Usman osonlikcha g‘alabani qo‘lga kiritsa kerak. Albatta, bu imkoniyatlardan kelib chiqib, bildirilgan fikr. Aslida, barchasi Yaratganning izmiga bog‘liq!

jasurbek_1

Mashrabjon Ro‘ziboev – MMA jangchisi

- Har ikkisi yarimo‘rta vazn toifasining eng kuchli jangchilari va shunga munosib tarzda jang o‘tkazishadi. Bundan faqat muxlislar yutadi. Chunki, o‘rtada chempionlik kamari tikilgan. Edvards ham 1-jangdan kerakli xulosalarni chiqargan holda, Usmanning zaif tomonidan foydalanishga harakat qiladi. Ammo, Usman bu safar ham imkoniyat qoldirmasa kerak.

mashrabjon_2

Mavlonbek Mavlonov – murabbiy

- Har ikkisi 1-jangdan keyin anchagina o‘sdi. Lekin Usman so‘ngi janglarida juda kuchli raqiblar bilan bahs olib bordi. Edvards borasida esa bunday fikr bildirib bo‘lmaydi. U xatto Neyt Diazdan yutqazishiga bir bahya qoldi. Kamaruni “teyk-daun”lardan himoyasi ham zo‘r, o‘zining “teyk-daun”larga urinishining 80-90% samarali yakunlanadi. Qolaversa, jismoniy holati va kardiosi ham Usmanda ajoyib ko‘rinish olgan. 5-raundlik janglarda ham kuchni teng taqsimlay oladi. Xullas, imkoniyatlar 70/30 Usman foydasiga!

mavlon_3

Humoyuddin Muxtorov – MMA jangchisi

- Bu safargi jang qiziqarli kechadi. Chunki, Edvards ham yuqori darajadagi sportchi va u avvalgi bahsdan to‘g‘ri xulosa chiqarganligi aniq. Biroq, baribir Kamaru Usmanning imkoniyatlari yuqori, chunki u tug‘ma atlet va iste’dod! Ammo bu UFC va unda sensatsiyalar bo‘lib turadi. Demoqchimanki, Edvardsda ham kichik bo‘lsa-da imkoniyat bor. Imkoniyatlarni 60/40 deya baholagan bo‘lardim. Albatta, Usman foydasiga!

xumoyuddin

Diyor Mutalibov -  MMA jangchisi

- Bu safargi revansh jangida ham Usman g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Chunki, xozir unga bas keladigani yarimo‘rta vazn toifasida deyarli yo‘q. To‘g‘ri, Hamzat Chimaevni aytishimiz mumkin. Biroq, uning Gilbert Byorns bilan jangidan xulosa chiqarsak, Usmanni mag‘lub etishga qodir, deb aytish qiyin. Shu jumladan, Edvards ham Usmanni taslim etish imkoniyatiga ega deb bo‘lmaydi. Usman bu jangda ham bir bosh ustunlik bilan harakat qiladi va katta ehtimol bilan jang muddatidan avval yakunlanadi.

diyor

 

Jahongir Najmiddinov - MMA jangchisi

- Bu gal ham Kamaru Usman g‘alaba qozonadi. Uning kuchli jihatlari ko‘p. Bekorga chempion emas. Edvards ham yaxshi jangchi, biroq Kamaru Usmanni mag‘lub etishga qodir deb o‘ylamayman. 

jaxa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!