Kamavinga "Real"ni tark etishni istamayapti
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida jamoani tark etish niyatida emas.
Maʼlumotlarga koʻra, fransiyalik futbolchi oʻziga kelib tushishi mumkin boʻlgan barcha takliflarni rad etishga tayyor. U Madridni tark etishni xohlamayapti va jamoadagi holatni oʻz foydasiga oʻzgartirishga qatʼiy bel bogʻlagan.
Avvalroq "Real" mavsum yakunidan keyin 23 yoshli futbolchini sotish variantini koʻrib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Kamavinga 2021 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil oʻrtalarigacha moʻljallangan.

Fikrlar