Kamavinga: "Vinisius – ajoyib inson va jamoaga ijobiy kayfiyat beradi"

  • 29.03.2026 15:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Vinisius Juniornig shaxsiy sifatlarini yuqori baholadi.

"Vinisius — mening do‘stim. U ajoyib inson. Ko‘pchilik buni tushunmaydi, chunki u maydonda doim qichqiradi va odamlar buni muammo deb hisoblaydi, ammo u haqiqatdan ham juda hissiyotli yigit. Shaxsan uchrashganda, u haqiqatdan ham ajoyib inson", — dedi Kamavinga "ESPN" bilan suhbatda.

Fransuz futbolchi ta’kidlaganidek, televizor orqali ko‘riladigan braziliyalik futbolchi va har kuni jamoa a’zolari bilan muloqot qiladigan Vinisius o‘rtasida sezilarli farq bor. Uning fikriga ko‘ra, Vinisius Juniornig xarizmasi jamoada hozirgi paytda Alvaro Arbeloa rahbarligidagi ijobiy atmosfera ning asosiy tamal toshlaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!