Kamoliddin Tojiev oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi!
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Tojiev o‘tgan oy "sherlar" bilan 4 ta o‘yin o‘tkazib, 4 marta g‘alaba qozondi va to‘plar farqi 9:0.
U bu borada "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev (3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 6:3) va "Neftchi" ustozi Vitaliy Levchenkoni (3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 5:0) ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" navbatdagi uchrashuvni 20 noyabr kuni "Jar"da "Nasaf"ga qarshi o‘tkazadi.




Fikrlar