Kamoliddin Tojiev Superkubokdagi mag‘lubiyatdan so‘ng: "Eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik"

  • 16.03.2026 00:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston Superkubogida “Paxtakor” klubi “Bobur arena”da “Neftchi”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va sovrindan quruq qoldi. Ushbu o‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

- O‘yin qiziqarli va yaxshi darajada o‘tdi. Ko‘rdinglar, bu Kubok bahsi edi va kim birinchi gol ursa o‘sha jamoa yutardi, “Neftchi” gol urdi. Birinchi bo‘limni o‘zida Rustam Turdimurodovda 3 ta 100 foizli imkoniyatlar bo‘ldi. Biz gol ura olmadik, “Neftchi” esa urdi. Lekin yaxshi o‘yin bo‘ldi. Futbolchilarimiz 200 foiz g‘alabaga ishtiyoq bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Bugun bizni kunimiz emas ekan.

- Bu uchrashuvni jamoani ushbu mavsumdagi barcha o‘yinlarini hisoblasak, “Paxtakor”ni eng yaxshi o‘yini deb ayta olasizmi?

- Ha, bugun eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik.

- O‘yinni kuchaytirish uchun zahiradan bir qator futbolchilarni tushirdingiz va ulardan umid katta edi. Masalan, Oybek Bozorovdan ko‘p narsa kutilgandi. Ammo u kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Zahiradan maydonga tushgan barcha futbolchilardan qoniqdim. Ularga yana biroz ko‘proq vaqt berishimiz mumkin edi. Lekin kimlar maydonga tushishgan bo‘lsa, hammasidan qoniqdim.

- Shuningdek, zahiradan maydonga tushgan Pajishek ikkinchi qavatdagi kurashlarda deyarli sakramadi. Uni kichik jarohati bormidi?

- Sakrasa orqada hech kim yo‘q edi. Shuning uchun to‘pni “sokhranit” qilmoqchi edi. Shunga sakramadi. Orqasida uchta himoyachi turgandi va u bir o‘zi edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
16/03/2026 08:46
саволни жавобини умуман тушунмадим.
футболга мосми бу жавоб?