Kamondan o‘q otish. Merganlarimiz Bangkokda Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurashadi

  • 9 noyabr, 2023, 16:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Mazkur musobaqa jamoaviy dasturda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim qilishi bilan ahamiyatli edi.

Tecno

Afsuski, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qit’a birinchiligida shohsupaga ko‘tarila olishmadi. Endi yurtdoshlarimiz ushbu shaharning o‘zida Osiyo qit’asi vakillari uchun o‘tadigan litsenzion musobaqada o‘z omadini sinab ko‘rishadi.

10-12 noyabr kunlariga mo‘ljallangan mazkur turnirda shu paytgacha yo‘llanma ololmagan atletlar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikki mergan shaxsiy dasturda Olimpiada ishtirokchisiga aylanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!