
Kamondan otish. Vakillarimiz jahon kubogida ishtirok etmoqda
Bugun Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish bo‘yicha eahon kubogining birinchi bosqichiga start berildi. Xabar berganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz musobaqada yakkalik va jamoaviy yo‘nalishlarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. 23 aprelga qadar davom etadigan ushbu bosqichda quyidagi atletlar yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Erkaklar: Mirjalol Qarorov, Amirxon Sodiqov, Ozodbek Ungalov, Chen Yao Yuy.
Ayollar: Zebiniso Abdusattorova, Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Kamola Yunusova.
Manba: MOQ
Fikrlar