"Kamp Nou" rekonstruksiyasi "Barselona"ga yana 300 million evrogacha qimmatga tushishi mumkin

  • 21.02.2026 00:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Kamp Nou" rekonstruksiyasi "Barselona"ga belgilangan miqdordan qimmatga tushadi. "Diaro SPORT" nashri "Barselona" muxlislarini biroz xafa qiladigan yangilikni e’lon qildi. 
 
Ma’lum bo‘lishicha, "Kamp Nou" stadionini qayta qurish kataloniyaliklarga dastlab rejalashtirilganidan ancha qimmatga tushadi. Qo‘shimcha xarajatlar 200–300 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 

Dastlabki byudjet 1,45 yevro milliardni tashkil qilgan, ammo kechikishlar va kutilmagan holatlar tufayli bu miqdor oshib ketgan. Klub ushbu xarajatlarni o‘z hisobidan yopadi va rekonstruksiyasiga mas’ul "Limak" qurilish kompaniyasiga da’vo qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!