Kannavaro Azizbek Turg‘unboevni nima sababdan tarkibga jalb qilmaganini tushuntirdi
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Fabio Kannavaro Azizbek Turg‘unboevning nima uchun Jahon chempionatiga olib ketilmayotgani haqidagi savolga javob berdi.
Azizbek Turg‘unboev nima sababdan terma jamoaga jalb etilmadi? Buni biz uning jismoniy holati bilan bog‘lasak bo‘ladimi yoki boshqa bir sabab bormi?
"Men Azizbek bilan jarohat olganidan so‘ng alohida gaplashib o‘tganmiz. Men o‘sha suhbatga unga aytganman — Turg‘unboev jarohatdan qaytganidan so‘ng yanada ko‘proq o‘zini ustida ishlashi kerak.
maydonga qaytdi, ba'zi o‘yinlarda jamoasiga yordam berdi, lekin uning maydondagi harakatlari hamda o‘zini tutishi meni yetarlicha ishonchira olmadi.
Men Aziz Turg‘unboevni juda yaxshi bilaman, uning darajasini, terma jamoada qilgan oldingi mehnatini, muhim o‘yinlardagi xizmatlarini alohida e'tirof etish kerak.
Afsuski bu futbol. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Shuningdek, men ko‘proq meni ishonchira olgan futbolchilarni tarkibga chaqirganman. Bundan tashqari, oramizda hech qanday shaxsiy muammo yo‘q", - deya aytib o‘tdi italyalik mutaxassis.

Fikrlar