Kannavaro mundialdan keyin ilk bor Oʻzbekistonga keldi

  • 30.07.2026 17:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yildgi jahon chempionati yakunlangandan so‘ng ilk bor Toshkentga qaytdi.

Avvalroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov italyalik mutaxassis iyul oyining oxirida mamlakatga qaytishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi. Kannavaro 30 iyul kuni O‘zbekiston poytaxtiga yetib keldi.

Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokini yakunlaganidan so‘ng bosh murabbiy jamoa bilan birga Toshkentga uchmagandi. 

AQShdan u to‘g‘ri Italiyaga yo‘l oldi va uzoq davom etgan yig‘inlar hamda musobaqadan so‘ng qisqa ta’tilni o‘sha yerda o‘tkazdi.

Endilikda Kannavarodan milliy terma jamoani 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorlash ishlarini davom ettirishi kutilmoqda. 52 yoshli murabbiyning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil oktabrigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidan chiqmadi. Jamoa Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va DR Kongo termasiga 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!