Asosiy mazmunga oʻtish

Kannavaro O‘zbekiston – Rossiya o‘yiniga qanday munosabat bildirdi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu juda qiziqarli to‘qnashuv bo‘ladi

Xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida noyabr oyidagi FIFA kunlari davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Rossiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishi haqida maʼlumotlar tarqatildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar boʻlimi boshligʻi Usmon Toshev xalqaro tanaffus chogʻida oʻrtoqlik uchrashuviga Rossiya terma jamoasi tanlanganiga bosh  murabbiy Fabio Kannavaro qanday munosabat bildirganini maʼlum qildi. 

- O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni FIFA bilan kelishib oldik. Shu bois bu oʻyin uchun har ikki jamoaga ham FIFA terma jamoalar reytingi uchun ochkolar beriladi.

Bosh murabbiyimiz Fabio Kannavaro ushbu oʻyin gʻoyasini maʼqulladi. Ar-Riyodda Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuv bekor qilinganidan soʻng, xalqaro aloqalar boʻlimi bosh murabbiyga Toshkentda Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishni taklif qildi. 

Fabio bu variantga darhol rozilik berdi. Har ikki jamoadan ham yaxshi oʻyin kutyapmiz, — deya taʼkidladi Usmon Toshev.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Bellashuv noyabr oyidagi xalqaro tanaffus doirasida Toshkent (O‘zbekiston) shahrida oʻtkaziladi.

Har ikki terma jamoa ilgari bir marotaba oʻzaro toʻqnash kelgan. 2022 yili O‘zbekiston milliy terma jamoasi mezbonlik qilgan uchrashuvda hisob ochilmagan va kuchlar teng kelgan edi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q