Kannavaro "Oltin to‘p"ga kim loyiqligini aytdi

  • 10.10.2026 17:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bu yilgi «Oltin to‘p» uchun kurash haqida fikr bildirdi. 

Unga ko‘ra, mukofotga asosiy da’vogarlar orasida u PSJ va Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyani qo‘llab-quvvatlaydi.

- Mening xotiram yaxshi, faqat yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealarga qarab baholamayman. O‘tgan mavsum Yevropa Chempionlar ligasida eng yorqin futbolchi Kvaratsxeliya bo‘ldi. Agar ovoz berish menga bog‘liq bo‘lganida, ikki lanmasdan uni tanlardim. 

Albatta, jahon chempionatini, Kilian Mbappeni yoki Lionel Messi va uning butun faoliyatini eslash mumkin. Lekin Kvara maydonda haqiqatan ham ajoyib ishlarni amalga oshirdi, – deya Kannavaroning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

«Oltin to‘p» 26 oktyabr kuni Londonda topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro o‘zi ham 2006 yili, Italiya terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!