Kannavarodan o‘rnak olib, italyalik murabbiy Qozog‘iston terma jamoasini boshqarmoqchi
Moskvaning «Spartak» klubi sobiq bosh murabbiyi Massimo Karrera Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
— Fabio Kannavaro hozir O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi. Agar sizga Belarus yoki Qozog‘iston terma jamoasini qabul qilib olish taklifi tushsa, bu siz uchun qiziq bo‘larmidi?
— Men bunday taklifni qabul qilgan bo‘lardim, chunki milliy terma jamoani boshqarish — juda qiziq. Menga yangi chaqiriqlar yoqadi, bu esa men uchun muhim sinov bo‘lishi mumkin.
— Agar Belarus yoki Qozog‘iston klublaridan taklif tushsa-chi?
— Bu klublarda o‘zini Evropada ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘proq. Bunday jamoalar katta motivatsiya bera oladi.
Eslatib o‘tamiz, Massimo Karreraning so‘nggi ish joyi Italiya ning «Askoli» klubi bo‘lgan. U ushbu jamoani 2024 yilda tark etgan.

Fikrlar