Kante "Al-Ittihod" bilan shartnomani bekor qildi
Frantsiyalik yarim himoyachi N'Golo Kante "Al-Ittihod" klubini tark etmoqda. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Jurnalistning yozishicha, 34 yoshli futbolchi Saudiya klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgan.Ma'lum bo'lishicha, frantsiyalik futbolchi FIFA ruxsat berishi bilanoq "Fenerbahche" tarkibi borib qo'shiladi. Xavbek turk klubi bilan oldidan kelishuvga erishgan edi. Biroq, hujjatlar bilan bog'liq muammolar tufayli bitim amalga oshamay qolgan.
Eslatib o'tamiz, N'Golo 2023 yildan beri Saudiya klubi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 105 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 11 ta golli uzatmani o'z nomiga yozdirib qo'ygan.
Fikrlar