Kante "Real"ga, Xames esa "Chelsi"ga o‘tishi mumkin

  • 16.10.2019 16:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Chelsi" xavbeki Ngolo Kantega bo‘lgan qiziqishini hamon so‘ndirgani yo‘q.

Tecno

El Desmarque nashrining xabar berishicha “qirollik klubi” frantsiyalik futbolchi uchun “aristokratlar” talab qilayotgan 160 mln evroni to‘lamoqchi emas va shu bois ushbu transferga Xames Rodrigesni ham qo‘shib berishga tayyor. Madridliklar kolumbiyalik futbolchisini “Chelsi”ga taxminan 100 mln evroga o‘tkazishmoqchi.

Agar tomonlar shunday kelishuvga erishishsa, ushbu transfer mavsum yakunlangach, ya’ni “Chelsi”dan FIFAning transfer ta’qiqi olib tashlangach amalga oshirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!