
Kapadze: Masharpipovdek futbolchi har qanday terma jamoani kuchaytira oladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi "Cafa Nations Cup" uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bugungi mashg‘ulotlarda Timur Kapadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Yig‘inni boshlab oldik, hali hamma kelgani yo‘q. ertaga qo‘shiladiganlar, legionerlar bor. Shu sababli, bugun bori bilan mashg‘ulot o‘tkazdik. 30 avgust kuni birinchi o‘yinimiz, tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.
Jaloliddin Masharpipov haqida:
"Albatta har bir futbolchimizni o‘z o‘rni bor. Jaloliddin Masharpipovdek futbolchi har qanday terma jamoani kuchaytira oladi. Bu futbolda bo‘ladigan holat. Umid qilamanki, tezda tuzalib, safga qaytadi".
Omanga qarsho‘i bahs haqida:
"Kuchli jamoa. Karlush Keyrush ayni damda jamoani boshqarmoqda va ular Turkiyada yig‘in o‘tkazishyapti. Legionerlarimiz bu o‘yinda bo‘lishmaydi. Shu sababli, boshqa futbolchilarimizni sinab olish uchun yaxshi raqib, deb o‘ylayman".
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 30 avgust soat 19:30'da start oladi.
Fikrlar