Karen Xachanov "qovun" tushurdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik tennischi Karen Xachanov Monte-Karlo shahrida o‘tkazilayotgan "Masters" musobaqasidagi ishtirokini yakunladi.

Karen turnirning ikkinchi davrasida italiyalik Lorentso Sonegoga qarshi kortga chiqib, 6:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa uchinchi davraga yo‘l olgan Sonegoning "Rolex Monte-Carlo Masters"dagi keyingi raqibi vengriyalik Marton Fuchovich, yoki britaniyalik Kemeron Norri bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!