
Karen Xachanovning boshi qotib qoldi
Rossiyalik tennischi Karen Xachanov Parij shahrida o‘tayotgan “Masters” turnirining ikkinchi davrasida mag‘lubiyatga uchradi.
Dunyoning sakkizinchi raqamli tennischi K.Xachanov ushbu bosqichda germaniyalik Yan-Lennard Shtruffga 6:7, 6:3, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa "Rolex Paris Masters" turnirining uchinchi bosqichida Shtruff italiyalik Matteo Berrettini va frantsiyalik Jo-Vilfrid Tsongaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar