
Karim Benzema terma jamoaga qaytdi. Hujumchi Frantsiyaning Evro-2020 uchun qaydnomasidan o‘rin oldi
"Real" klubi hujumchisi Karim Benzema terma jamoaga jalb qilindi. Frantsiya terma jamoasidan mojaro tufayli chetda qolayotgan Benzema endi "Evro-2020"da qatnashishi mumkin. Bu haqda France Football nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Karim Frantsiyaning "Evro-2020" uchun qaydnomasiga kiritilgan. Oldinroq hujumchi terma jamoaga qaytishi mumkinligi borasida xabar bergandik.
Karim Benzema jamoadoshi Matyo Valbuena bilan bog‘liq mojaro tufayli terma jamoadan chetlatilgandi. Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiy Dide Desham uni 2015 yildan beri tarkibga chaqirmayotgandi.
Frantsiya Evropa chempionatining “F” guruhidan o‘rin olgan. Kvartetda frantsuzlardan tashqari Germaniya, Vengriya va Portugaliya terma jamoalari ham bor.
Fikrlar