Karimov "Chelsi", "Real", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublaridan qiziqish borligini aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yildgi Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlab, yurtimizga qaytdi. Mundial davomida o‘z o‘yini bilan muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozongan Behruz Karimov kelajagi borasidagi savollarga javob berdi.
"Avvalambor, assalomu alaykum! Har bir uchrashuv qiyin bo‘lishini oldindan bilgandik. Musobaqa boshlanishidan oldin jarohat olganim sababli ko‘pchilik menga ishonmadi. Ayrimlar yosh va tajribasiz ekanimni aytishdi. Men esa buning aksini isbotlash uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Bor kuchim bilan xalqimizni xursand qilishga, ularning ishonchini oqlashga harakat qildim.
Hozirda bir nechta klublardan takliflar bor. Ular bilan muzokaralar olib boramiz va eng maqbul variantni tanlaymiz. Yoshligimdan "Chelsi", "Real Madrid", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" o‘yinlarini kuzatib kelganman. Hozirda ushbu klublardan ham qiziqish bor, ammo hozircha u yerga o‘tishni rejalashtirmayapman. Men uchun eng muhimi — muntazam o‘yin amaliyoti. Shu sabab avval o‘rtamiyona jamoada o‘zimni ko‘rsatib, tajriba orttirishni, keyin esa grand klublarga yo‘l olishni maqsad qilganman", — dedi Karimov.

Fikrlar