
Karlo Anchelotti: "Biz baribir "Barselona"ni Ligada mag‘lub qilganmiz"
Ispaniya superkubogining finalida "Barselona" "Real" Madridni mag‘lub qilib, chempionga aylandi.
O‘yindan keyin Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz bugun har tomonlama yomon o‘ynadik. Ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik va duellarda yutqazdik. Futbolchilar xafa. Sababi, ular g‘alabaga o‘rganib qolgan. Biz hali qaytamiz. Men bunga ishonaman, "Real" doimo qayta olgan", - dedi italiyalik mutaxassis.
"Bugungi o‘yin jaxlimni chiqarmaydi. Biz baribir "Barsa"ni Ligada mag‘lub qilganmiz", - deya qo‘shimcha qildi Karlo Anchelotti.
Fikrlar