Karlo Anchelotti JCh-2022 favoritlarini aytdi
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati favoritlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Eng kuchli jamoalar Braziliya va Frantsiya. Keyingi o‘rinda esa Argentinani ko‘rsatgan bo‘lardi. Skaloni boshchiligidagi jamoani alohida ta’kidlagan bo‘lar edim, chunki ularda ajoyib jamoa shakllangan. Bundan tashqari, ularda Messi bor”, - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi “Il Messaggero” nashri.
Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar beshta shahardagi sakkizta stadionda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi g‘olib chiqqan edi.



Fikrlar