Karlo Anchelotti: "Vinisius xato qildi, lekin u bu vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqaradi"

  • 13.11.2025 14:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Juniorning so‘nggi xatti-harakatlari haqida fikr bildirdi.

— Siz odatda Vinisiusning qattiq hissiyotlarini nazorat qila olasiz va unga maslahat berib turasiz. Ammo “klasiko”da uning almashtirilganidan so‘ng sodir bo‘lgan voqeani ko‘rdik. Bu xatomi?

— Ha, u xatoga yo‘l qo‘ydi va “Real”dagi yangi rolini anglab etishi kerak — endi u kiyinish xonasida oldingidan ham muhim shaxs. Vinisius xatosini angladi, uzr so‘radi va bu holatdan saboq olishi lozim. Murabbiy jamoani kuchaytirish uchun zarur deb bilgan almashinuvni amalga oshirish huquqiga ega.

— Vinisius “Oltin to‘p”ni ololmaganidan keyin uning kayfiyati o‘zgardimi?

— Balki bu uni biroz ranjitgandir, ammo hozir Vini o‘zining eng yaxshi holatiga yaqin. U juda yaxshi o‘ynayapti, jamoa uchun muhim futbolchi. Vinisius kuchli xarakterga ega, u xatolar yoki tanqidlarga ortiqcha yopishib olmaydi, tezda oldinga qarab harakatlanadi. Ishonchim komilki, u Jahon chempionatiga eng yaxshi holatida etib boradi, — dedi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!