Karlos Prates yarim oʻrta vazndagi barcha jangchilarga "vyzov" tashladi
UFC ning yarim oʻrta vazn toifasi reytingida 1 oʻrinni egallab turgan Karlos Prates (24-7) kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi.
"Orangizdagi koʻpchilik, jumladan Shon Bredi, Urosh Medich va boshqa sportchilar meni tilga olishyapti. Tinchlaning, birodarlar. Keyingi jangimda men bu kamarni qoʻlga kiritaman. Shundan soʻng esa har biringiz bilan alohida hisob-kitob qilaman va sizlarni toʻgʻri “Oʻgʻriq saltanati”ga joʻnataman. Tayyor turing. Hech qanday shaxsiy adovat yoʻq — bu faqat biznes", — deb yozdi braziliyalik ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Karlos Prates UFC dagi oxirgi 3 ta jangida – Jef Nill, Leon Edvards va Jek Maddalenani muddatdan avval magʻlub etdi.

Fikrlar