
Karlos Teves Ronaldu va Messi o‘rtasidagi farqni aytib o‘tdi
"Boka Xuniors" forvardi Karlos Teves Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi farqni aytib o‘tdi.
"Messi Ronaldu kabi mashg‘ulotlardan bir soat oldin kelishi shart bo‘lmagan. U raqibdan qanday o‘tib ketishni o‘rganayotgan vaqtda, Leo jarima zarbasini qanday tepishni o‘rgangan xolos. Messi xech qachon raqibdan o‘tishni o‘rganishga vaqt sarflamagan.
Krishtianu va Leo hozirgi holati uchun ko‘p ter to‘kishgan, biroq Messi hatto bizni, professionallarni ham hamon ayron qoldirmoqda", - deydi Teves.
Fikrlar