Karpin: Birinchi bo‘limda xuddi yosh bolalarni ustidan kulgandek bo‘ldi. Go‘yo yoshlar maktabining jamoasi erkaklar bilan o‘ynagandek
"Rostov" bosh murabbiyi RPLning 13-turida "Zenit" (1:6) dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
Jamoaga nima bo‘ldi?
"Yarim jamoa terma jamoadan qaytib kelmagandek. O‘yindan oldin siz futbolchilarning holati haqida so‘ragandingiz. Mana bugun buni guvohiga aylandingiz. Hujumda ham, himoyada ham, umuman hech qaysi pozitsiyada hech kim tayyor emas edi.
Biz uchun yaxshi dars bo‘ldi. Agar o‘yinga shunday beparvo bo‘lsak, mana shu ko‘rinishdagi hisoblar qayd etiladi. Umid qilamanki, bu bizning foydamizga ishlaydi.
Tanaffusda nimalar dedingiz?
Dastlabkisiga nisbatan ikkinchi bo‘lim ko‘proq yoqti. Ushbu bo‘limda ham 3 ta gol o‘tkazib yubordik, ammo biroz bo‘lsa-da qarshi hujumga o‘tdik.
Birinchi bo‘limda huddi yosh bolalarni ustidan kulgande bo‘ldi. Go‘yo yoshlar maktabining jamoasi erkaklar bilan o‘ynagandek. Aynan mana shunday his qildim.
Ikkinchi bo‘limda hech bo‘lmaganda nimalardir qilib ko‘rdik. Hisob 3:0 ekanligida, balki tanaffusdagi suhbatimiz biroz ta’sir qilgandir, ammo to‘rttinchi goldan so‘ng, o‘zimizga kelishimiz qiyin edi.
Penalti bormidi? Vaziyatni ko‘rdingizmi?
Hech narsa ko‘rmadim. Balki VAR bo‘lganida barcha ko‘rardi," - dedi Karpin "Match Premer" telekanaliga bergan intervyusida.



Fikrlar