Karrager: "Amorim "Manchester Yunayted"dan tez orada bo‘shatiladi"

  • 08.10.2025 02:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Ruben Amorimning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Men murabbiyni ishdan bo‘shatish kerak deyishni yoqtirmayman, chunki bu hurmatsizlik. Lekin hozirgi paytda men uning ishini davom ettirishi mumkin emas, deb o‘ylayapman. U yangi yil bayramidan avval ishdan bo‘shatilishi aniq.

"Manchester Yunayted" murabbiyi uchun statistika ajoyib: jamoa 50 o‘yindan keyin o‘tkazib yuborgan to‘plardan atigi ikkita ko‘p gol urgan. Bu haqiqatan ham hayratlanarli ko‘rsatkich", — dedi Karrager "The Overlap" ko‘rsatuvida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!